Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan ijarada istiqomat qiluvchi xodimlarga pul kompensatsiyalari to'landi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 08 iyun` kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy bilan ta'minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi buyrug'iga binoan ichki ishlar organlari xodimlarning turar joy, maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining 2021 yil 29 iyun` kunidagi “Uy-joy maishiy komissiya tarkibini tasdiqlash haqida”gi buyrug'i chiqqandi. Mazkur buyruq talabiga binoan ijarada istiqomat qiluvchi bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga dastlabki pul kompensatsiyasi to'lab berildi.
endilikda ijarada yashovchi ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy uchun ijara to'lovi davlat byudjetidan qoplanadi. Shu ma'noda Qashqadaryo ichki ishlar boshqarmasida tadbir tashkil etilib, ijarada yashovchi soha vakillariga turar joy uchun bir oylik ijara pullari topshirildi. Tadbirda viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi rahbarlari tizimda kechayotgan islohotlar, xususan ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida atroflicha to'xtaldi.
Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a'zolarining bu taxlitda qo'llab-quvvatlanishi soha vakillarining faoliyat samaradorligini oshirishi shubhasiz. Yig'ilishda ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy bilan ta'minlash borasida ham izchil ishlar amalga oshirilayotgani bildirildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati