Qarshi davlat universitetida Vazir oʻrinbosarining oʻrganishlari
Joriy yilining 27-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramov Qarshi davlat universitetiga bordi. Tanishuvning dastlabki manzili yangitdan mukammal taʼmirlanib foydalanishga topshirilgan va zamonaviy talablar asosida jihozlangan universitetning Tibbiyot fakulteti oʻquv binosi boʻldi. Yangi oʻquv binosidan maʼruza zallari, shinam oʻquv auditoriyalari, zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan biokimyo va mikrobiologiya oʻquv laboratoriya xonalari, muhtasham faollar zali hamda innovatsion loyihalarni yaratish, ularni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishgan respublika ishchi guruh rahbari universitet rahbariyatiga oʻqituvchi va talabalar xodimlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli tavsiya va takliflarni berdi.
Universitetning 600 oʻrinli talabalar turar joyida boʻlgan Vazir oʻrinbosari qishning sovuq kunlarida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, issiqlik tizimi bilan tanishib, masʼullarga tegishli tavsiyalarni berdi.
Vazir oʻrinbosarining keyingi manzili Yangidan bunyod etilgan yoshlar uchun zamonaviy Inkubatsiya markazi boʻldi. Markazda oʻqituvchi va talabalarning faoliyat olib borishi, yangi innovatsion texnologiyalar ustida olib borayotgan ishlar bilan tanishdi. Binoda issiqlik tizimi va yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.
Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati