1 Fevral 2023
430
“Qamchiq” dovonida toʻxtatilgan "Nexia-3» avtomobilida psixotrop dorilar olib ketilayotganligi aniqlandi
2023-yil 1-fevral kuni soat 02:00 larda, Namangan viloyati, Pop tumani, “Qamchiq” dovoni hududida joylashgan “Namangan” YPX maskanida sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikdagi tekshiruvlar davomida "Nexia-3» rusumli avtomobil toʻxtatilganda, transport vositasining yukxonasidagi quti ichida jami soni 238 dona «Tropikamid» nomli psixotrop dori vositalari olib ketilayotganligi aniqlanib, holat oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Yoʻllarda tekshiruvlar davom etmoqda.
IIV JXD YHXX Axborot xizmati