2 Fevral 2023 665

“Qamchiq” dovonida psixotrop dorilar bilan bogʻliq navbatdagi fakt

“Namangan” YPX maskanida psixotrop dorilar bilan bogʻliq holat aniqlanganligi haqida xabar berilgan edi. Mazkur YPX maskanida yana bir holat qayd etildi.

2023-yil 1-fevral kuni soat 10:00 larda Pop tumani hududi, “Qamchiq” dovonida joylashgan “Namangan” YPX maskanida sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikdagi tekshiruvlar davomida "Cobalt“ rusumli avtomobil toʻxtatilganda, transport vositasining dvigatel qismi joylashgan tomonda yashirin tarzda 40 dona «Tropikamid», 20 quti «Regapen» (ichida jami 280 dona) nomli psixotrop dorilar olib ketilayotganligi aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

1986-yilda tugʻilgan haydovchi A.E. va aniqlangan dori vositalari Pop tumani IIBga topshirilgan.

Yoʻllarda tekshiruvlar davom etmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага