Qahramonlar nomi barhayot
Namangan. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Pop tumanida joylashgan 7552-harbiy qism hamda Yoshlar ittifoqining viloyat boʻlimi xodimlari xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan oddiy askar Muhammadvali Muhammadaliyev yashagan xonadonga borishdi. Uning oila aʼzolari holidan xabar olishdi.
Qahramon askar taʼlim olgan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabida esa Muhammadvali Muhammadaliyevning mardligi va jasoratini xotirlash maqsadida xotira kechasi tashkil etildi.
Jizzax. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat IIB YHXB xodimlari mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, kasallikka chalinib hayotdan koʻz yumgan va Prezidentimizning 2021-yil 26-avgustdagi farmoniga koʻra, “Jasorat” medali bilan taqdirlangan Kenjaboy Sulaymonovning uyiga borilib, oila aʼzolari holidan xabar olishdi.
Uning yorqin xotirasini yod etish maqsadida u oʻqigan maktabda oʻrnatilgan yodgorlik poyiga gul qoʻyildi.
Oʻz muxbirimiz.