5 Yanvar 2023 528

Psixotrop dori vositalari bilan bogʻliq navbatdagi fakt “Sharq” YPX maskanida aniqlandi

2023-yil 4-yanvar kuni soat 03:25 larda Toshkent shahar, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari I.Djumaboyev va Sh.Xolnazarovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan haydovchi, 1992-yilda tugʻilgan F.B. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, transport vositasining yukxonasidan sellofanga solingan 379 dona «Zardeks» nomli psixotrop dori vositalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobilda boʻlgan fuqarolar va topilgan psixotrop dori vositalari Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Tekshiruvlar davom etmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага