Profilaktik tadbirlar
Samarqand viloyati hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida, Probatsiya xizmati tomonidan bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyatining barcha shahar-tumanlarida Probatsiya nazoratida turgan nazoratdagi shaxslar bilan jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha uchrashuvlar hamda profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Bu kabi profilaktik tadbirlar joriy yilning 15-dekabr kuni Urgut tumanida oʻtkazildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi tomonidan 29 nafar nazorat ostdagi shaxslar jazoni oʻtashdan shartli ozod etildi. 1 nafar shaxsning jazosi ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.
Tadbirlarda mazkur shaxslarda qonunlarga itoatkorlik, insonlarga, mehnatga, ijtimoiy turmush qoidalari va anʼanalariga hurmat munosabatlarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati