7 Fevral 2023 475

Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar ishtirokida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida psixologik trening oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabr kunidagi “Jinoyat ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4006-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 84-son Qaroriga muvofiq, Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi va Sharqiy harbiy okrugi Andijon garnizonidagi 14014-sonli harbiy qism hamkorligida 10 kunlik “Yosh vatanparvarlar yigʻini” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning probatsiya hisobida turuvchi 100 nafar yoshlar ishtirokida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida psixologik trening oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tadbirdan maqsad nazorat ostidagi yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ishga joylashishlariga koʻmaklashish, vatanga muhabbat, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага