29 Iyul 2022 330

Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish yoʻlida

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boʻlimi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida jami hisobda turgan qariyb olti yuz nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, ularning psixologik portretlari tuzilishiga erishildi va tegishli toifalarga ajratildi. Ularning har biri bilan qayta jinoyat yoʻliga kirmaslik, takror jinoyat sodir etmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Ajratilgan toifalar asosida viloyatning barcha shahar-tuman IIB Probatsiya inspektorlari inspektor-psixologning tavsiyalari asosida nazorat ostidagi shaxslar bilan ishni toʻgʻri tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olingan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevral kunidagi 84-sonli qaroriga asosan joriy yilning may oyi davomida viloyat IIB Probatsiya boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar bilan barcha shahar-tuman probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari oʻrganildi.

Nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish uchun jamoatchilik tashkilotlari xususan “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi bilan hamkorlikda qator ijobiy ishlar olib borilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Bu kabi ijobiy ishlar Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirishga xizmat qilish bilan birga kelajakda ular jamiyatda toʻgʻri yoʻlni tanlashga zamin yaratadi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага