24 Iyun 2022 265

Probatsiya boʻlimi hisobidagi 25 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida oʻquv seminar tashkil etildi

Joriy yilning 21-iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Probatsiya boʻlimi nazorati ostida turgan shaxslarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga qayta oʻqitish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasiga qarashli “Monomarkaz”da viloyat IIB JXX Probatsiya boʻlimi hisobidagi 25 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida oʻquv seminari tashkil etilib, seminar davomida nazorat ostidagi shaxslarga payvandlash, santexnika, elektrik, duradgorlik ishlari boʻyicha nazariy va amaliy tushunchalar berilib, amaliyot davomida qoʻllaniladigan asbob va uskunalar bilan tanishtirildi va “Monomarkaz”da oʻqish istagini bildirgan 9 nafar nazorat ostidagi shaxslarni hujjatlari topshirildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага