10 Avgust 2022 250

Piskentda dala chaylasida giyohvand modda saqlab kelgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi

Toshkent viloyati boʻylab “Qoradori-2022” doirasida giyohvandlikning har qanday turiga qarshi murosasiz kurash davom etmoqda.

Piskent tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Piskent tumani “Mitan” MFYda yashovchi fuqaro B.B. oʻzi foydalanib kelayotgan tuman “Lola ariq” MFYda joylashgan oʻrmon xoʻjaligi, yer maydonida giyohvandlik oʻsimligi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Piskent tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan fuqaro B.B. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага