Pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha ishchi guruh Surxondaryoda
Mazkur ishchi guruh viloyat hududida joriy yilning 20-oktyabrdan 12-noyabr kuniga qadar faoliyat olib bordi. Hozirda JTS, HPB, YHXB, JQB va boshqa sohaviy xizmat xodimlari, shuningdek, MG, DXX, DSI xodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus guruhlar xizmati yoʻlga qoʻyildi.
Jarayonda guruhlar tomonidan maqsadli reydlar va tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilib, pirotexnika mahsulotlarini viloyatga olib kirish, sotish, sotib olish, olib yurish, saqlash va ishlatish bilan bogʻliq 4 ta holat aniqlanib, huquqbuzarlardan jami boʻlib 180 ming soʻmlik, 510 dona mahsulotlar tegishli tartibda olib qoʻyilib, huquqbuzarlarga nisbatan choralar koʻrildi.
Tadbir davomida ishchi guruhi xodimlari tomonidan respublikamiz hududida olib kirilishi taqiqlangan pirotexnika mahsulotlarini ayanchli oqibatlari haqida keng jamoatchilik vakillari, mehnat jamoalari va oʻquvchi-talaba yoshlar bilan uchrashuvlar ham oʻtkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati