18 Mart 2023
359
Payariqda haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda fuqaro R.R. boshqa bir fuqaroga 500 dollar evaziga tanishlari yordamida oʻquv mashgʻulotlari va imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, oldindan 300 AQSH dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati