16 Fevral 2023
490
Oʻziga biriktirilgan kabellarni pullab yubordi
Buxoro viloyati Transportda XTB xodimlari tomonidan Buxoro shahar hududida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida 1966-y.t. Buxoro shahar «Sherbudin» koʻchasida yashovchi, “Buxoro” xalqaro aeroportida ishlovchi Sh.Sh. oʻziga ishonib topshirilgan va uning moddiy javobgarligida boʻlgan, «APVPU 1x120» markali 400 metr uzunlikdagi 32.000.000 soʻmlik kabellarni 2003-y.t. Shofirkon tumanida yashovchi I.M.ga 24.000.000 soʻmga sotib yuborib, pullarni oʻz shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlanib, kabellar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti