20 Fevral 2023 645

Oʻzganing pasporti bilan chet elga chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxs aniqlanib ushlandi

1985-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan H.B aliment toʻlovchi boʻlganligi bois Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga chiqa olmasligini bila turib, 2023-yil 24-yanvar kuni, 1980-yilda tugʻilgan akasi H.Shning yashash xonadoniga borib, oʻzganing pasporti bilan chet elga borishdan iborat gʻarazgoʻylik niyatlarda H.Sh.ning nomiga rasmiylashtirilgan xorijga chiqish biometrik pasportini uning egasiga bildirmasdan qonunga xilof ravishda egallab, yashirincha uydan olib chiqqan.

H.B oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, oʻzida xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud boʻlmagan boʻlsada, u qonunga xilof ravishda egallagan va yashirib kelgan fuqaro H.Shga tegishli xorijga chiqish biometrik pasportidan foydalanib, 25.01.2023-yilda Buxoro xalqaro aeroportidan “Buxoro-Moskva” yoʻnalishi boʻyicha uchib ketadigan aviareysga chipta sotib olib, ushbu reys bilan Rossiya Federatsiyasiga uchib ketish maqsadida 2023-yil 25-yanvar kuni Buxoro xalqaro aeroportiga kelib, soat 23.30 larda aviareysga chiqishdan oldin chegara nazoratidan oʻtayotganida, u birovning pasporti bilan chet elga chiqib ketmoqchi boʻlganligi Buxoro xalqaro aeroportida xizmatda boʻlgan chegara nazorati xodimlari va Buxoro viloyat IIB TXTB xodimlari tomonidan aniqlanib, pasport daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan. 

Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 1-fevral kuni Buxoro viloyat TXTB TG katta tergovchisi mayor O.T.Murodov tomonidan H.Bga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “a” bandi, 25,223-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan JIB Kogon shahar sudiga yuborildi.

Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага