Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonlari munosiblarga tantanali ravishda topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bir guruh xodimlar mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandilar.
Xususan, Ichki ishlar vazirligidan 3 nafar, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Buxoro viloyati boʻyicha 1 nafardan mutasaddilarga ushbu koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Koʻkrak nishoni sohiblarini yana bir mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz.
IIV Axborot xizmati