11 Yanvar 2023 3601

O'zbekiston Prezidenti “Global Janub ovozi” sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 12 yanvar` kuni “Global Janub ovozi” sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi.

Hindiston raisligida onlayn shaklda o'tkaziladigan tadbirda Bangladesh, V`etnam, Kambodja, Mo'g'uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari ham qatnashadi. Jami 120 ta mamlakat delegatsiyalari taklif qilingan.

Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi doirasida o'tkazilayotgan sammitning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlarini ilgari surish va dolzarb muammolarini hal etish yo'lida, shu jumladan iqtisodiyot, ekologiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, sog'liqni saqlash, inson resurslarini rivojlantirish, innovatsiyalar, turizm va boshqa yo'nalishlardagi o'zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida fikr almashish va aniq takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага