16 Avgust 2022 1753

O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari Turkiya politsiyasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Interpol MMB xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosini ekstraditsiya qildi.

Avval xabar berganimizdek, Interpolning O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan mamlakatimiz hududida muhrlarga qasddan zarar yetkazish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosi qo‘lga olingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rov qanoatlantirilgandan so‘ng, Turkiya Respublikasidan kuzatuv guruhi Islom Karimov nomli xalqaro aeroportga yetib kelgan va shu yerda Interpolning Anqara Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan jinoyatchi O‘zbekistonlik hamkasblar qo‘liga topshirildi.

Interpolning O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага