22 Mart 2023
672
Oʻz xonadonida fohishaxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi
2023-yil 17-mart kuni taxminan soat 17:00 larda Gʻijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan «Xavfsiz hudud» maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida Pamoʻza mahallasida yashovchi, 1962-yilda tugʻilgan B.M. oʻz yashash xonadonida moddiy manfaatdor boʻlish maqsadida bir erkak va ayolni jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib berib, buning evaziga ulardan 60.000 soʻm pullarni olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati