27 Fevral 2023 767

Oʻz uyida fohishaxona tashkil qilgan vobkentlik shaxs ushlandi

Viloyat hududi boʻylab olib borilayotgan keng qamrovli “Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida Vobkent tumani Kumushkent mahallasida yashovchi, 1946-yilda tugʻilgan nafaqadagi shaxs 2023-yil 18-fevral kuni yashash uyida bir erkak va ayolni jinsiy aloqada boʻlishlari uchun alohida xona ajratib, sharoit yaratib berib, evaziga 50.000 soʻm pullarni olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага