15 Iyul 2021 5085

Orzusi amalga oshdi

Qarshi shahrida yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxs Mamadalieva Intizor Muxamedovna 2000 yilni 29 avgust kuni Qirg'iziston Respublikasidan O'zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun ko'chib kelgan. Unga O'zbekiston Respublikasida “Fuqaroligi yo'q shaxs uchun” O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi rasmiylashtirib berilgan edi.

Bir necha bor o'zini O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risida ariza bilan murojaat qilsa-da, uning talabi rad etilgan. O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 14 iyun` kunidagi “O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish haqida” Qonunining  qabul qilingach, fuqaroligi bo'lmagan shaxs Mamadalieva Intizor Muxamedovnaga imkoniyat tug'ildi. Mazkur qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida”gi Qonunining 6-moddasida:

  • 2005 yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo'lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

O'zini O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O'zbekiston Respublikasida kamida o'n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasidan biri (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O'zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.”-deb belgilangan.

Mazkur qonun kuchga kirishi bilan fuqaroligi bo'lmagani shaxs Mamadalieva Intizor Muxamedovna birinchilardan bo'lib, Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limiga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish bo'yicha murojaat qilib, tegishli hujjatlarni topshirdi. Natijada Intizor Mamadalieva 2021 yil 14 iyul` kuni Qashqadaryo viloyatida birinchilardan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 mart kunidagi “O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida”gi Qonunining 6-moddasi 1-qismi talabiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinib, uning nomiga  Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага