Onlayn soxta birja qurboni
Navoiy viloyati Uchquduq tumani IIBga fuqaro J.J., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida "Ibrohim Treyd" nomli kanalga aʼzo bo‘lganligini va o‘zini kanal egasi deb tanishtirgan shaxs birja savdolarida mablag‘ tikib, uni ikki baravar ko‘paytirib olishi mumkinligiga ishontirib bank kartasiga jami 2.695.000 so‘m pullarni o‘tkazib berganligi, vaʼda qilingan pullar qaytarilmaganidan so‘ng firibgarga uchraganligini tushunib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi, 2004 y.t., M.A. ekanligi aniqlangan.
M.A.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi