19 Mart 2023
395
"OLX"dan "daromad olayotgan" firibgar qoʻlga olindi
Angren shahrida yashovchi 23 yoshli S.M. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs unga «OLX» saytida Toshkent shahridan ijaraga uy topib berishini aytib, 1 mln. 300 ming soʻm pullarini oʻgʻirlaganligini bildirgan.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi 30 yoshli N.Sh. sodir etganligi aniqlandi.
N.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, N.Sh. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi