22 Mart 2023 322

“OLX” orqali ijarachini chuv tushirgan firibgar qoʻlga olindi

Jizzax viloyatida yashovchi 28 yoshli R.B. ariza bilan murojaat qilib, “Olx .uz” veb-sahifasi orqali eʼlon boʻyicha nomaʼlum shaxs bilan gaplashib, ijaraga uy olish maqsadida oldindan toʻlov sifatida jami 700.000 soʻm pullarni oʻtkazib berganligini, biroq koʻrsatilgan manzilga borgandan soʻng aldanganligini tushunib yetganligini maʼlum qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 22 yoshli S.S. eʼlonlar veb-sahifasiga soxta xabar joylagan holda amalga oshirganligi aniqlandi.

Firibgarlik sodir etgan S.S. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, S.S. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага