13 Fevral 2023 475

Oltinsoy tumanida doʻkonga tushgan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi

2023-yil 30-yanvar kuni Oltinsoy tumanida yashovchi 27 yoshli I.S. “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, joriy yilning 29-yanvaridan 30-yanvariga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs, unga tegishli “Oqarbuloq” mahallasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda, kirish eshigi qulfini buzgan holda kirib doʻkonda boʻlgan turli rusumdagi jami 13 dona uyali aloqa vositalarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini bildirib, nomaʼlum shaxsni toshishda, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni hamda yetkazilgan moddiy zararni undirishda amaliy yordam berishni soʻragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi voyaga yetmagan 10-sinf oʻquvchisi 16 yoshli M.Sh. sodir etganligi aniqlanib, undan jami 10 dona telefon apparatlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmagan M.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasining tegishli bandlari (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi doirasida, qonunbuzardan qolgan 3 dona telefon apparatlarning taqdiri soʻralganda, u ularni Termiz shahrida joylashgan bozorlarning biriga borib, oʻziga nomaʼlum boʻlgan shaxsga 1.000.000 soʻmga sotganligini maʼlum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага