10 Avgust 2022 460

Oltinkoʻl tumanida oʻz uyida nasha yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Oltinkoʻl tumani hududida “Qoradori-2022” tezkor tadbirlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida giyohvand moddalarni saqlash va isteʼmol qilishda gumonlangan Oltinkoʻl tumani fuqarosi Yu.R.ning yashash uyi koʻzdan kechirilganida 6 tup nasha oʻsimligini parvarishlayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага