19 Mart 2023 823

Olot tumanida noqonuniy mayning uskunalarini ishlatib kelgan fuqaro fosh etildi

Olot tumani Buyuk ipak yoʻli koʻchasida yashovchi, 1975-yilda tugʻilgan Gʻ.B. noqonuniy ravishda oʻz boshimchalik bilan elektr energiya tarmogʻiga ulanib, tuman ETK bilan shartnoma tuzmasdan 6 dona mayning uskunalarini ishlatib kelib, tuman ETKga jami 38,9 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185/2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага