24 Fevral 2023 521

OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs oʻzganing hayotini ham barbod qildi

Buxoro tumanida yashovchi 1995-yilda tugʻilgan shaxs, 2020-yil 19-oktyabrda Buxoro viloyati OITS ga qarshi kurashish Markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida roʻyxatga olinib, OIV infeksiyasini qasddan yuqtirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, bir ayol bilan 2020-yil 15-oktyabr kunidan boshlab hozirgi kunga qadar oʻzi istiqomat qiladigan uyida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada boʻlib kelib, ushbu ayolga OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага