9 Mart 2023 7482

OIV infeksiyasini yuqtirib olgan ayol bir nechta fuqarolarning hayotini barbod qildi

Sirdaryo viloyatida yashovchi, 1999-yilda tugʻilgan M.S. ismli ayol 2020-yil 13-fevralda Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasi yuqtirib olgan shaxs sifatida roʻyxatga olinib, unga boshqa shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida tegishli tartibda ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, u qasddan jinoyat sodir qilish yoʻliga oʻtib, 2022-yil avgust oyidan 2022-yil dekabr oyiga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida Buxoro tumani hududida joylashgan choʻl zonasida 4 nafar fuqarolar bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada boʻlib, oʻzida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага