22 Mart 2023 809

OIV infeksiyasi tashuvchisi boʻlgan yengil tabiatli ayol bir nechta fuqarolarning hayotini xavf ostida qoldirdi

Andijon viloyati Marhamat tumanida doimiy roʻyxatda turib, Buxoro shahar Piridastgir koʻchasida vaqtincha ijarada yashab kelgan, 2002-yilda tugʻilgan Q.S. ismli ayol 2018-yil 18-may kunidan Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish Markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida roʻyxatga olinib, unga boshqa shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida tegishli tartibda ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, 2023-yil 12-mart kunidan 2023-yil 13-mart kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida Romitan tumani hududida joylashgan choʻl zonasida Romitan tumanida yashovchi, 3 nafar fuqarolar bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada boʻlib, oʻzida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan.

Hozirgi kunda ushbu ayolga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ushbu ayolning yana qayerda, kimlar bilan yaqin munosabatlarga kirishganligi, qabohat urugʻini qasddan yana kimlarga yuqtirgan boʻlishi mumkinligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага