2 Fevral 2023 387

Ogʻuni sotish ilinjidagi badnafs shaxs qonun oldida javob beradi

2023-yil 28-yanvar kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan maxsus tezkor tadbir davomida, Boʻstonliq tumani Yangiqoʻrgʻon koʻchasida yashovchi 36 yoshli M.D.ning uyni koʻzdan kechirilganda uning yozgi oshxonasida jami 117 dona gugurt qutilariga qadoqlangan va quritilgan holdagi “nasha” giyohvandlik moddasiga oʻxshash oʻsimlik, yana gugurt qutiga joylangan “nasha” urugʻlariga oʻxshash modda, poliyetilen paketga oʻralgan quruq holdagi koʻknor oʻsimligi boshoqlariga oʻxshash moddalar, jami 10 litr hajmdagi, shisha idishlariga joylangan, quritib maydalangan, oʻtkir hidli, yashil rangdagi modda hamda oq rangli qopga solingan quruq holatdagi oʻtkir hidli yashil rangdagi giyohvand moddaga oʻxshash oʻsimliklarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu moddalar undan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasida xonadondan olingan ashyoviy dalillar tarkibida faol giyohvand modda - «tetragidrokannabinol» boʻlgan “MARIXUANA” ekanligi, poliyetilen paketda oʻsimlik meva - boshoqlari “Koʻknor xashagi” ekanligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan Boʻstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlab oʻtish joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga koʻra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага