24 Mart 2023 410

Odam savdosiga qarshimiz

Oʻzbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonuni hamda IIV Malaka oshirish institutining masʼul xodimlari, tinglovchilari va Respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi boshqaruv raisi oʻrinbosari Sh.S.Qosimova oʻrtasida «Odam savdosiga qarshimiz» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirni IIV Malaka oshirish instituti boshligʻi, t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Ahmedov ochib, mamlakatimizda ham odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, professor-oʻqituvchilar va tinglovchilar odam savdosi jinoyatining sodir etilish sabablari va imkon bergan shart-sharoitlari, mazkur jinoyatning oldini olishda hamda unga qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining faoliyatiga oid fikr va mulohazalari muhokama qilindi.

Davra suhbatini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad odam savdosi jinoyatining sodir etilish sabablari va imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash, tasniflash va isbotlash, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning odam savdosi bilan bogʻliq sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va fosh qilish borasidagi muammolarni oʻrganish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha milliy va xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish, tahlil qilish sirlarini yanada kengroq va puxtaroq egallashlariga erishishdan iborat.

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага