29 Dekabr 2022 968

Odam savdosi jinoyati bo‘yicha gumonlanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

Kuni-kecha Kuala-Lumpurdan Toshkentga O‘zbekiston Respublikasidagi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida odam savdosi jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Malayziyada uzoq vaqt yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelindi.

Ayblanuvchini qo‘lga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari va tezkor-axborot kuzatuvi hamda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita yordami bilan amalga oshirildi. Ushbu idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan samarali harakatlar natijasida Malayziya hukumati tomonidan qidirilayotgan shaxsni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinuvchini qo‘lga olish va hibsga olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ekstraditsiya masalasining ijobiy ko‘rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentga olib kelish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi. Endilikda unga nisbatan qonun doirasida jazo belgilanadi.

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага