24 Dekabr 2022 435

Nukusda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining qabuli boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 23-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tasdiqlangan grafik asosida, Ichki ishlar vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Qabulda 47-fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi. 

Murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi boʻyicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berildi.

Murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olinib, sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar bergan holda ijrosi alohida nazoratga olindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага