27 Yanvar 2023
1006
Noqonuniy diniy mazmundagi materiallarni tarqatish holati aniqlandi
Joriy yilning yanvar oyida, Qoʻqon shahar IIB TQX TQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Gʻ.A.ga tegishli boʻlgan “iPhone 12 Pro” rusumli telefon apparati koʻzdan kechirilganda, “Telegram” ijtimoiy tarmogʻida profil ochib, ushbu profili orqali diniy mazmundagi audio va video maʼruzalarni tarqatib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 184-moddasi prim 2-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudiga yuborilgan.
Sud huquqbuzar Gʻ.A.ga yuqoridagi moddaga asosan, BHMning 3 barobari 900.000 soʻm miqdorda jarima jazosi tayinladi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati