22 Iyul 2022 431

Navoiyda Qiziltepa tumani IIB xodimlari "Sog‘lom hayot sari 3000 metr" marafonida ishtirok etishdi

Ichki ishlar tizimida o‘tkazib kelinayotgan “Jangavor va kasbiy tayyorgarlik o‘quv haftaligi” doirasida Qiziltepa tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan 3000 metr masofaga yugurish bo‘yicha marafon tashkil etildi. Marafon avvalida xodimlar start chizig‘i oldida yig‘ilishdi. Tadbir talabiga ko‘ra ishtirokchilarning har biriga raqamlar berildi va marafon uchun start  eʼlon qilindi.

Jismonan sog‘lom bo‘lish maqsadini ko‘zlagan marafon ishtirokchilari 3000 metr masofada kim o‘zarga bellashishdi. Finish chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tish yosh xodim, Qiziltepa tumiani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Ramiz Kenjayevga nasib qilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi katta inspektori mayor Sherzod Rajabovga, 3-o‘rinni esa Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan Nuriddin Baxronovlar egallashdi.

Marafon yakunida faxrli 1,2,3-o‘rinni egallagan xodimlar tuman IIB boshlig‘ining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага