Navoiyda IIV masʼullari ishtirokidagi sayyor qabulda 10 nafar yoshlarga ID-kartalari topshirildi
IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻining Navoiy viloyati IIBga tashrifi davomida xodimlar faoliyati oʻrganildi. Jumladan, joriy yil boshida viloyatda yashovchi 36180 nafar fuqarolarga identifikatsion ID-kartalari, 30406 nafar shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirib berildi. 60 “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi talablariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olindi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari rasmiylashtirib berildi.
Tashrif munosabati bilan oʻtkazilgan sayyor qabul davomida 10 nafar yoshlarga IIV M va FRBB rahbariyati tomonidan ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi, 17 nafar fuqarolarning pasport masalalariga oid muammolari oʻrganilib, ijobiy hal etildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati