11 Mart 2023 355

Navoiyda viloyat IIB Tibbiyot boʻlimi mutaxassis shifokorlari tomonidan tibbiy-profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda

Navoiy viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi xodimlari Karmana tumani IIBda «Sogʻlom ovqatlanish-salomatlik garovi» mavzusida profilaktik suhbatlar tashkil etishdi. Unda mutaxassislar tomonidan toʻgʻri ovqatlanishning afzalliklari va foydali mahsulotlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, vaqtida ovqatlanmaslik hamda uning oqibatida kelib chiqadigan oshqozon kasalliklari haqida ham tushuntirishlar olib borildi. 

Tadbir davomida tinglovchilar uchun shu mavzudagi videolavha ham namoyish etildi. Shundan soʻng shaxsiy tarkib xizmatdan ajratilmagan holda zaruriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага