22 Oktabr 2022
915
Navoiyda viloyat IIB boshligʻi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda
Ayni daqiqalarda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida viloyat IIB boshligʻi A.Tasbayev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi va boshqalar talabalar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish, firibgarlik hamda kiberjinoyatchilik, taʼlim-tarbiya masalalari, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati