12 Avgust 2022 447

Navoiyda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida yugurish marafoni tashkil etildi

Sport sog‘lom hayotni taʼminlovchi qolaversa tinchlik hamda birdamlikni targ‘ib qiluvchi vositadir. insonni har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashda ham sportning o‘rni beqiyos. Mazkur jarayonda esa Ichki ishlar organlari xodimlari barchaga o‘rnak bo‘lmog‘i, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etuvchi qatlamga aylanmog‘i darkor.

Mamlakatimiz bo‘ylab tizimda joriy etilgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlarda ham ayni maqsad ko‘zlangan. Binobarin, Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan anʼanaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Sog‘lom avlod uchun” shiori ostidagi Marafonlar faoliyat rivojiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.

Tong sahardan soha vakillari Navoiy shahridagi "Farhod madaniyat saroyidan to istirohat bog‘idagi Yoshlik ko‘ligacha sog‘lomlashtirish tadbirini davom ettirib, yugurish marafonini tashkil etdilar.

Marafon IIO xodimlari va ularning oila aʼzolarini o‘z bag‘riga chorladi. Shuningdek, yo‘l-yo‘lakay ixtiyoriy qatnashuvchilar ham topildi.

Ommaviy sport tadbirida xodimlar va ularning oila aʼzolarining ishtiroki yosh avlodda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, uning har zarra tuprog‘ini asrab avaylash his tuyg‘usini shakllantirishda ahamiyatlidir.

Sog‘lomlashtirish tadbiri yugurishdan triatlon sport musobaqasiga ulandi. Bunda ham xodimlar o‘zaro kuch sinashish imkoniga ega bo‘ldilar. Minglab navoiyliklarni bir maydonga jamlangan hudud ulkan taassurotli daqiqalarga boy bo‘ldi. Bunda hatto, tadbir so‘ngida qatnashuvchilarni rag‘batlantirish choralari ham ko‘rildi. Yaʼni marafon g‘oliblari, yosh toifasida belgilanib, 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida – 3-o‘rin leytenant Shodiyev Shoxijahonga, 2-o‘rin leytenant Rahimov Umar va 1-o‘rin safdor Obloqulov Sirojga nasib etdi.

Xuddi shu tartibda 40 yosh va undan yuqori bo‘lgan xodimlar o‘rtasida – 3-o‘rin, katta serjant Allayev Sherzod, 2-o‘rin kapitan Hasanov Akrom, 1-o‘rin esa, kapitan Astanov Alisherga buyurdi.

Ayol xodimalar ham musobaqaning eng faol ishtirokchilariga aylanishdi. Yaʼni ular o‘rtasidagi g‘oliblar quyidagicha belgilandi. 3-o‘rin leytenant, Muyassar Fayzullayeva, 2- o‘rin leytenant Mohinur Karimova, 1-o‘rin serjant Maftuna Esanova. Bundan tashqari, xodimlar va ularning oila aʼzolari o‘rtasida esa, Zaripovlar oilasi – 3 o‘rin, Bekmurodovlar oilasi – 2 o‘rin, Shomurodovlar oilasi – 1 – o‘ringa munosib ko‘rildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага