Navoiyda matbuot anjumani Tergov boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtdi
Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mutasaddilari OAV vakillari hamda blogerlar bilan uchrashishdi. Taʼkidlash lozimki ayni paytda Ichki ishlar organlari tizimida Tergov boshqarmasi faoliyati muhim va dolzarblik kasb etadi. Tizimda ayni kunga qadar qator yangilanish hamda oʻzgarishlar amalga oshirildiki pirovard maqsad fuqarolar manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda sifatli tergov faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Tashkil etilgan matbuot anjumanida ham yuqoridagi fikrlar bilan birga bugun tergovda inson omili, shaxs daxlsizligi, aybsizlik prezumpsiyasi, kabi bir qator muhim jihatlarga eʼtibor qaratildi.
Tergov boshqarmasi boshligʻi tomonidan ayrim tergov harakatlari yuzasidan ochiq va toʻliq maʼlumot berildi. Shuningdek, jinoyatlarni tahlil qilish, shaxsga oid maʼlumotlarni oshkor qilmaslik holatlari boʻyicha ham maʼlumotlar berildi.
Matbuot anjumani davomida Kun.uz sayti hamda telekanal muxbirlari tomonidan ayni paytda dolzarb va koʻp muhokamalarga sabab boʻlayotgan holatlar yuzasidan savollar yoʻllandi.
Muxtasar aytganda anjuman ochiq va samimiy ruhda oʻtdi. Eng asosiysi esa Tergov harakatlari davomida axborot olish masalalari boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati