Navoiyda Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarga esdalik nishonlar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bu kun shunchaki sana emas balki, xalqimizning asriy orzu-intilishlari, turmush-tarzi hamda ertangi kunini belgilab beruvchi tarixiy hujjatning qabul qilinishi. Sana munosabati bilan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Navoiy shahridagi 7532 Harbiy qism orkestri tomonidan davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i polkovnik A.D.Tasbayev so‘zga chiqib, barchani bayram bilan muborakbod etib, konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda bosh qomusimiz moddalarida aks etgan insonparvarlik tamoyillari haqida gapirib o‘tdi.
Tadbir davomida Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 56 nafar xodimlarga “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” nishonini tantanali topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundan o‘tgan 30 yil ichida uning norma va qoidalari izchil amalga oshirilib borib, fuqarolik va millatlararo totuvlikni taʼminlash, turmush darajasini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan va taʼlim sohalarida yuqori darajalarga erishishga xizmat qilmoqda.
Viloyat miqyosida bayram tadbirlari davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati