Navoiyda isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari yoʻq qilindi
Karmana tumanining Samarqand viloyati bilan chegarasida joylashgan postda joriy yilning 14-martdan 15-martga oʻtar kechasi soat 00:30 da «Buxoro-Toshkent» yoʻnalishida harakatlanayotgan «Gazel» rusumli yuk avtomashinasi YPX xodimlari bilan hamkorlikda toʻxtatilib, tekshirildi.
Jarayonda avtomashina yukxonasida antisanitariya holatida, insonlar sogʻligʻi uchun xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, 30 ta qopga joylangan kelib chiqishi nomaʼlum goʻsht mahsuloti mavjudligi aniqlangan.
Ushbu mahsulotlarning isteʼmolga yaroqliligini aniqlash maqsadida Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida ekspertizadan oʻtkazilganda, barcha mahsulotlar isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda texnik utilizatsiya qilindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati