5 Noyabr 2022 674

Navoiyda IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari xatirchiliklar muammolarini oʻrgandi

Xatirchi tumani hududining kompleks rivojlantirish hamda aholi farovonligini taʼminlash maqsadida koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda. 

Viloyat IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari hamda tuman hokimligi ishtirokida oʻtgan bu galgi uchrashuvda 20dan ortiq murojaatlar koʻrib chiqildi. 

Unda fuqarolar tomonidan ichki yoʻllarni taʼmirlash, tibbiy-ijtimoiy yordam va bandlik masalasi boʻyicha murojjatlar ijobiy hal etildi. 

Jumladan, Chechak mahallasida istiqomat qiluvchi Rohat Maqsudovaning yolgʻiz onaligi va bir necha yildan buyon yashash xonadonining tomi yoʻqligi sababli yordam soʻrab qilgan murojaati shu kunning oʻzida hal etildi. Sahovat va koʻmak jamgʻarmasi hisobidan uyining tomi yopib berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага