21 Fevral 2023 489

Navoiyda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda

Navoiy viloyati IIB M va FRB xodimlari tomonidan hududda yashovchi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Bunda tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi qonuniga binoan fuqarolikka qabul qilish tartibi tushuntirildi. 

Shu kuni 2 nafar shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish bo‘yicha hujjatlari qabul qilindi.

Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi kunda Navoiy viloyatida 245 ta fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istiqomat qiladi. O‘tgan 2022 yilda 200 dan ortiq shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oldi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага