Navoiyda "8-mart xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi
Eng go‘zal oyning eng nafis bayrami - xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib bormoqda. Zero, jamiyatning madaniyat darajasi, maʼnaviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi.
Xususan, “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Navoiy viloyati ichki ishlar organlari tizimida faoliyat olib borayotgan xotin qizlar uchun bayram dasturi tashkil etildi. Tadbir avvalida ayollarimizga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng 20dan ortiq viloyat va respublika tanlovi g‘oliblari mukofotlandi. Bayram dasturida viloyatning ko‘zga ko‘ringan sanʼatkorlari ijrosida kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar ijro etildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati