10 Mart 2023 444

Navoiy viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari Tomdi tumani aholisining muammolarini oʻrgandi

Joylarga tashrif buyurib olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini oʻrganish bugunning asosiy talabidir. Navoiy viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosarining Tomdi tumanida tashkil etilgan sayyor qabuli ham ayni shu maqsadga yoʻgʻrildi.

Sayyor qabulda tomdilik fuqarolarning 39 nafarining turli masalalar boʻyicha murojaatlari oʻrganilib 10 nafar fuqarolarning muammosi joyida hal etildi. 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 7 nafarining murojaati ijobiy hal etilishi nazoratga olindi.

Tomdi tumanida joylashgan barcha yirik tadbirkorlik subyekti rahbarlari hamda davlat organlari masʼullari ishtirok etgan sayyor qabulda imtiyozli kredit olish, elektr transformatori, moddiy yordam, harbiy xizmatga borish kabi masalalar oʻrganildi. Shuningdek, mutasaddilar bahor mavsumi boshlanishi munosabati bilan yerga manzarali koʻchatlar oʻtqazishdi. Tadbir yakunida yoshlar bilan uchrashib, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlari boʻyicha suhbatlashildi. 

Sportda ijobiy natijalarga erishgan oʻquvchilarga sovgʻalar ulashildi.

Aholi bilan bu kabi uchrashuvlarning tashkil etilishi tuman ahlining turmush sharoitlarini yaxshilashga hamda davlatdan rozi boʻlib yashash hissini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага