28 Oktabr 2022 579

Navoiy viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi

Navoiy viloyati IIB boshligʻi tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish maqsadida Navbahor tumani Mehnat MFYda sayyor qabul oʻtkazildi.Sayyor qabulda jami 20 dan ortiq murojaatlar oʻrganildi. Murojaatlarning aksariyati bandlik, ichki yoʻllarni shagʻallashtirish, moddiy yordam hamda tibbiy-ijtimoiy koʻmak mavzularida boʻldi.

Sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlardan 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, 16 nafar fuqarolarning murojaatlari boʻyicha tumanning tegishli mutasaddi soha rahbarlariga koʻrib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, aniq koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, 90 yoshli Shodiyeva Shobuvining yaqinlari sayyor qabulda ishtirok etib onaxon nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligini bildirdi. Shu kunning oʻzidayoq mutasaddilar Shobuvi ayaga aravacha taqdim etdi va holidan xabar olishdi.

Navoiy viloyati viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага