11 Avgust 2022 5438

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Interpolning MMB tomonidan katta miqdordagi oʻgʻirlik sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan shaxsni ushlash va topshirishga koʻmaklashdi

Oʻzbekiston Interpolning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Milliy markaziy byurosi orqali qidiruvda boʻlgan shaxs aniqlanib, qaytarildi.

Oʻzbekiston Interpol MMB axborot bilan taʼminlash va Amerika Qoʻshma Shtatlari vakolatli organlari xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan oʻta yirik hajmdagi oʻgʻirlikni sodir etgani uchun ichki ishlar organlarimiz tomonidan qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ushlanib, chiqarib yuborilgan.

Shunday qilib, Amerika tomoni, Oʻzbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari va AQSHning vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar, qoʻshma tezkor harakatlar va axborot almashinuvi natijasida qidiruvdagi shaxsni mamlakatdan chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Jinoyatchi AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari hamkorligida Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga olib kelindi va Oʻzbekiston Interpol xodimlariga topshirildi.

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага