26 Fevral 2023 491

Muzrabot tumanida «Maqsadimiz yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» shiori ostida «Yoshlar festivali» oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2023-yil 13-yanvardagi kengaytirilgan yigʻilishida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar jangovar shayligi va jangovar tayyorgarligini takomillashtirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 23-fevral kuni Muzrabot tumanidan harbiy-vatanparvarlik ruhida «Yoshlar festivali» boʻlib oʻtdi.

Festival doirasida 3 ming nafardan ortiq tuman yoshlari ishtirokida «Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida yurish marafon oʻtkazildi. Shundan soʻng joylarda viloyat IIB boshligʻining kubogi uchun Sportning voleybol, milliy kurash, arqon tortish, qoʻlda kuch sinashish tosh koʻtarish, kamondan oʻq otish turlari boʻyicha musobaqalarga start berildi. Murosasiz bahslarda 830 nafar yoshlar oʻz jismoniy imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Musobaqalar yakunida jami boʻlib 72 nafar gʻolib va sovrindorlar munosib tarzda ragʻbatlantirildi.

Tadbir soʻngida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 12 nafar yoshlarga asbob-uskuna, 12 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlari uchun pul mablagʻlari va zamonaviy kasblarga oʻqitish uchun 10 nafar yoshlarga toʻlov badallarini qoplab berish sertifikatlari topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага